oshxona.net
Suyuq taomlar

Qovurma

Kerakli masalliqlar:

5-6 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona chesnok, 100 ml o'simlik yog'i, 500 gram qo'y go'shti, tuz, zira va kashnichdona kerak bo'ladi

Hamma zabzavotlarimizni oldin archib yuvib olamiz. Keyin sabzini maydalab kesamiz. Kartoshkamizni ham katta bo’laklarga bo’lamiz, piyozniham katta-katta qilib maydalaymiz. Bulg’or qalampirimizni va pomidorimizni ham  kattaroq qilib maydalab olamiz. Go’shtimizni katta- katta bo’laklarga bo’lamiz.

Eng avval qozonga nazar solamiz va keyin o’simlik yog’imizni, yog’imiz qizigandan so’ng go’shtimizni solib yahshilab qovuramiz. Qovurib bo’lgandan so’ng piyozni solamiz va uniham tillarang bo’lguncha qovuramiuz. Piyoz qizargandan keyin qolgan masalliqlarimizni solib yahshilab  qovuramiz. Tuz va ziravorlarimizni ham solib yana qovurishda davom etamiz. Uzoq qovurilsa ovqatimizni mazasi  yanda mazalik bo’ladi.

Qovurilgandan so'ng ustidan sovuq suv quyib qaynatamiz. Qaynab chiqqandan so'ng o'rta olovda 1 soata davomida pishirib olamiz.
Tayyor bo'lgan qovurmamizni kosaga suzib ustiga ukrop sepib dasturhon tortishimiz mumkin.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.