oshxona.net
Suyuq taomlar

Qo’ziqorin sho’rva

Kerakli masalliqlar:

400 grama qo’ziqorin, 1 dona piyoz, 1 osh qoshiq yog’, tuz, 1 stakan suv, 1 osh qoshiq un va 1 piyola qaymoq kerak bo’ladi.

1 osh qoshiq yog’da 1 dona piyozni mayda to’rtburchak qilib to’g’rab tillarang qilib qovurib olamiz. Undan so’ng maydalab to’g’ralgan qo’ziqorinlarimizni solib qovuramiz.

Yahshilab qovurib olgandan so’ng suvni va qaymoqni quyamiz . Orqasidan 1 qoshiq unimizni solib aralashtirib yuboramiz. 

Sho’rvamizni mixer yordamida e’zib pyure holatiga keltiramiz va 15-20 daqiqa past olovda qaynatamiz. 

Tayyor bo’lgan sh’rvamizni kosalarga quyib tabga qarab ozgina qaymoq va ko’kat bilan bezatamiz. Sho’rva oldiga  ko’katli va dengiz tuzi sepilgan tayoqchalik non bilan dasturhonga tortishimiz mumkin.

Spread the love
  • 3
    Shares

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.