oshxona.net
Suyuq taomlar

Spring rolls / Thailancha taom.

Kerakli masalliqlar:

 

200 gram qaynatilgan tovuq go´shti, 1 dona sabzi, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, karam, kashnich, pentuziya vermesheli, gurunch qog´ozi, 1 dona bodring, tuz va sova sousi kerak bo´ladi.

Pentuziyani qaynoq suvga botirib pishirib olamiz. Qolgan barcha masalliqlarimizni somoncha qilib to´g´rabolamiz. Tovuq go´shtimizni avval qaynatib so´ng sariyog´yoki oddiy yog´bilan ziravorlar bilan qovurib olinadi.

Gurunch qog´ozimizni qaynagan suvni chuqurroq tarelkaga quyib har birini botirib olamiz. Botirilganda yumshab elastik holga keladi. Sochiqni issiq suvga botirib olamiz va gurunch qog´ozlarimizni yoyib chiqamiz. Judaham yopishqoq va cho´ziluvchan bo´ladi ehtiyot bo´lish kerak.

Har birini ustiga birinma ketin sabzavotlarni solib ozginadan tabga qarab tuz sepamiz. Qovrilgan tovuq go´shtini va pentuziyani ham solib huddi quymoq o´ragandek o´rab chiqamiz.

Tayyorlab o´rab bo´lingan rollarimizni soya sousi bilan birga dasturxonga tortamiz. Juda ham no odatiy taom. Cho´ziluvchan  ajoyib yangicha tam va maza.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.