Suyuq taomlar

Teftel vs Do´lma

Kerakli masalliqlar.

 

400 gram qiyma, 8 dona kartoshka 1 dona sabzi, 3 dona piyoz, 1 dona pomidor, 2 osh qoshiq gurunch, 1 osh qoshiq tomat pastasi, ko´katlar , tuz ,  5 dona bulg´or qalampiri,  2 dona pomidor qoqi, 1 dona tuhum va o´simlik yog´i kerak bo´ladi.

2 dona piyoz, yarimta pomidor, 1 dona pomidor qoqini va ziravorlarni qiymaga aralashtirib olamiz.

Qozonga yog´ni solib qizdirib olamiz. Piyozni maydalab to´g´rab qizarguncha qovuramiz. Orqasidan kartoshkani butunicha solamiz. Sabzini o´rtacha qalinlikda maydalaymiz. Pomidor yarmini solib qovuramiz. Pomidor qoqini ham solib hammasini qovuramiz.

Ko´katni maydalab solamiz. Bulgór qalampirini ham solib 10 daqiqa qovuriladi. 2,5 litr suv quyib qaynatamiz.

Tayyorlab qo´ygan qiymamizni bulg´or qalampiriga solib olamiz. Qolganini kattaroq teftellar qilib yumaloqlab chiqamiz. Tayyor  qiymalarimizni qaynab chiqqan sho´rvaga solib  1,5 soat atrofida o´rtacha olovda qaynatib pishirib olamiz. Do´lmasi kattalar uchun teftellari bolajonlar uchun ayni muddao.

Spread the love