oshxona.net
Suyuq taomlar

Tovuq go’shtidan qovurma

Kerakli masalliqlar:

1 kg tovuq, 1 kg mayda kartoshkalar, 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona chesnok, 1 dona pomidor, tabga ko'ra yarimta qalampir, ko'katlar, tuz va ziravorlar kerak bo'ladi.

Eng avval qozonga ozroq o’simlik yo’gi solamiz va tovuq go’shtimizni kattaroq bo’laklarga bo’lib yahshilab qovuramiz.

Go’shtimiz qovurib bo’lingandan keyin yarim oy qilib to’gralgan piyozimizni solamiz va uni ham qizartirib olamiz. Ko’katlarimizni  chesnok va qalampirimizni maydalab olamiz va qovrilayotgan qaylamizga solib yahshilab qovuramzi. Undan so’ng pomidorimizni pustlog’ini archib maydalab solib qovuramiz.

So’ng avvaldan archib yuvib olingan kartoshkalarimizni butunicha solib qovuramiz. Sabzini ham 3 mm qilib kesib olamiz va uniham qovuramiz. Bulg’or qalampirimizni somoncha qilib kesib olamiz va qovurib olamiz. Tuz va ziravorlarni solamiz.

Hamma masalliqlarimiz qovurilib bo’lgandan so’ng esa ustidan sovuq suv quyamiz va qaynab chiqgach tagini pastlab sekin qaynatamiz. Ovqatimiz tahminan 1 soata 15 daqiqa davomida qaynab pishadi.

    

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.