oshxona.net
Suyuq taomlar

Tovuq go’shtidan sho’rva

Kerakli masalliqlar:

1kg tovuq go’shti, 10 dona mayda kartoshkalar, 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz,  1 dona pomidor, tuz va zira kerak bo’ladi.

Kastrulkamizga sovuq suvni solamiz va tovuq go’shtimizni suvimizga solib o’rtacha olovda qaynatishga qo’yamiz. Hushyor bo’lish kerak qattiq qaynab ketmasin, chunki suvi hiralashib qolishi mumkin.

Go’shtimiz qaynagunga qadar qolgan masalliqlarimizni archib tozalab to’g’rab olamiz. Kartoshkani butunicha qoldiramiz. Sabzini 2-3 cm qalainlikda kesamiz. Bulg’or qalampirini katta to’rtburchak qilib olamiz, piyozni mayda parrak qilib to’g’raymiz. Pomidorni po’stlog’ini archib  to’rtga bo’lib olamiz.

Suv qaynab chiqqandan so’ng ko’piklarini hammasini olib tashlaymiz. Vaqti vaqti bilan olib turish kerak bo’lmasam ko’rinishi o’zgarishi mumkin hiralashib. Ko’piklarini olib bo’lgandan so’ng barcha masalliqlarni solamiz va tuz, zirani qo’shib tahminan 1,5 soat atrofida o’rtacha olovda qaynatib pishirib olamiz. 

Sho’rvamiz parhez qiluvchilar uchun judaham foydalik hisoblanadi. Ham engil va vitaminlarga boy.

Spread the love

One Comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.