oshxona.net
Suyuq taomlar

Ugra

Kerakli masalliqlar:

2 dona o'rtacha kattalikda kartoshka, 1 dona sabszi, 2 dona piyoz, 1 dona bulg'or qalampiri, 2 dona sarimsoq piyoz, 1 dona tuhum, un, tuz, ziravorlar, qovurish uchin bir bo'lak go'sht, 150 gram qiyma, 2 osh qoshiq tomat, 50 ml o'simlik yog'i va ko'katlar kerak bo'ladi.

Ishni hamir qilishdan boshlaymiz. Bir dona tuhumni chaqib ustiga tahminan yarim stakan suvni yarim osh qoshiq tuz bilan aralashtirib olamiz va unimizni solib o’rtacha qattiqlikda hamir qoramiz.

Hamirimiz tingandan so'ng yoyib qurutishga qo'yamiz.

Qozonimizni qizdirib o’simlik yog’imizni quyib go’shtimizni qovurib olamiz. Undan so’ng piyozimizni qizarguncha qovuramiz.  Tomat,sarimsoq piyoz va ko’katimizni maydalab olamiz va hammasini birga qovuramiz.

Qovurib bo’lgandan so’ng sovuq suv quyib baland olovda qaynatib olamiz va qaynab chiqqandan so’ng o’rtacha olovda sho’rvasi etilguncha tahminan 1 soat qaynatamiz.

Qiymamizga bir dona piyozni qirg’ichdan o’tkazib tuz va ziravorlar bilan yahshilab aralashtiramiz va yumaloqlab chiqamiz.

Qiymalarimizni qozoga ugramizni suviga solamiz. Avvaldan yoyib quritishga qo’ygan hamirimizni qurigandan so’ng ,ugra qilib ingichka kesib olamiz.

Ovqatimizni tagini balandlab kesilgan ugramizni qozonga solib 5 daqiqa qaynatib pishiramiz.

Ugramizni kosalarga quyib tabga ko’ra rayhon va yana boshqa ko’tkatlar va qatiq bilan dasturhonga tortamiz.

 

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.