oshxona.net
Suyuq taomlar

Uzbek milliy taomlaridan Mastava

Kerakli masalliqlar:

 

3 litr suv , 1,5 piyol yumaloq gurunch, 2 dona kartoshka, 1 dona sabzi, yarimta bulg´or qalampiri, 1 dona pomidor, 2-3 dona sarimsoq piyoz,1 qoshiq tomat pastasi, 2 dona piyoz, 250-300 gram suyakli qo´y go´shti, tuz, yog´, rayhon va ukrop kerak bo´ladi.

 

Barcha masalliqlarimizni to´rtburchak qilib to´g´rab tayyorlab olamz va ishni go´sht qovurishdan boshlaymiz. Avval qozonga tahminan 50ml yog´quyib qizdirib olamiz va go´shtimizni yahshilab qizartirib qovuramiz. Orqasidan piyozni qizarguncha qovuramiz.

Piyoznimiz qizargandan so´ng orqasidan pomidor , bulg´or qalampirini  tomat pastasi va ko´katlarni solib qovuramiz.

 

Kartoshka va sabzini solib ularni ham birga yahshilab qovuramiz. Qovurilgandan so´ng suv quyib qaynatamiz. Tahminan 50 daqiqa 1 soat qaynagandan so´ng gurunchini solamiz.

Gurunchimiz tahminan 20 daqiqada pishadi. Ovqatimiz  pishgandan so´ng ko´katla va qatiq bilan dasturhonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.