oshxona.net
  • Suyuq taomlar

    Borsh

    Kerakli masalliqlar: 0,5 kg mol go´shti, 1 dona tovuq oyog´i, katta karamni yarimtasi 2 dona piyoz, 3 dona qizilcha, 2 dona sabzi, 3 dona kartoshka, 4 dona sarimsoq piyoz bo´lagi, 2 osh qoshiq tomat pastasi, murch, tuz, 3 osh qoshiq o´simlik yogí, Karamni yupqa qilib to´g´rab olamiz. Sabzi, qizilchani qirg´ichdan chiqarib olamiz. Kartoshkani har birini 4 qismga bo´lib olamiz. Piyozni maydalab to´graymiz. Avval qozonga to´ldirib suv quyamiz va go´shtni va tovuqni solamiz. Betridagi ko´pigini olib tozalb olamiz. Bir soat o´tgandan so´ng karamni solib qaynatamiz. Orqasidan kartoshkani solamiz. Piyozni alohida skavarodkada 3 osh qoshiq yog´ bilan qizarguncha qovuramiz. Orqasidan sabzi solib…

  • Quyuq taomlar

    Go´shtli Somsa

    Kerakli masalliqlar:   600 gram lahm mol go´shti, 6 dona piyoz, shpenat,(manda muzlatilgan shpenat , 100 gram sariyog´, kartoshka krahmali, 100 ml o´simlik yog´i, un, zira, kashnichdona, murch, tuz, qizil paprika,   va suv kerak bo´ladi. Avval ishni go´sht va shpenatni tayyorlab olishdan boshlaymiz. Go´shtni maydaroq qilib to´g´rab olamiz. Piyozni 4 donasini go´sht uchun ishlatamiz. Piyozni kattaroq va qalinroq to´rtburchak qilib maydalab olamiz. Go´shtga solib ustiga tuz, paprika, murch, zira va kashnichdona solamiz. 100ml o´simlik yog´i solamiz. Go´shtimiz yog´sizligi hisobiga ko´proq yog´solib olamiz. Quruq bo´lib qolmasligi uchun. Shpenatga ham aynan go´shtga tayyorlab olgandek bir hil masalliqlar solib tayyorlab qo´yamiz va…

  • Suyuq taomlar

    Ko´cha osh

    Kerakli masalliqlar: 100-150 gram lahm mol go´shti, 2 ta kartoshka, 1 ta  sabzi dona, 1 ta  bulg´or qalampiri, 1 ta  pomidor, 2 osh qoshiq tomat sousi, 1 ta piyoz, 2-3 dona sarimsoq piyoz,  1,5 piyola juvori ,  2,5 litr suv, 50 ml o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi. Baracha masalliqlarni to´rt burchak shaklida maydalab to´g´rab olamiz. Eng avval qozonga yog´ni solamiz va ozroq qizdirib olamiz. Undan so´ng go´shtni solib qizargunga qadar qovuramiz. Undan so´ng piyozni solib qizarguncha qovuramiz. Piyoz qizargandan keyin pomidorni va sarimsoqni maydalab solib yahshilab qovuramiz. Tomat sousiga ta´bga ko´ra ozroq ko´kat solsak ham bol´ladi. Tomat sousini ham…

  • Quyuq taomlar

    Dangasa kabob

    Kerakli masalliqlar: Ketadigan vaqti: 50 daqiqa, 15 daqiqa tayyorlshga 35 daqiqa pishishi uchun Portsiya: 6 kishilik. 1 kg yog´liq qiyma, 3 dona piyoz, 1 kg kartoshka, 1 dona sabzi, 2 dona bulg´or qalampiri, 2 dona qizil piyoz1 dona tuhum, ko´kat, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi. Qiymaga tuhum va ziravorlarni solamiz. Piyozni qirg´ichdan o´tkazib qo´shamiz. Yahshilab aralashtirganimizdan keyin ustiga ko´kat solib yana yahshilab aralashtiramiz. Mahsus gazda pishiradigan formaga solib yoyib chiqamiz. Qalinligi tahminan 1,5 cm qilib yoyib chiqamiz. Barmoqlarimiz bilan o´rtacha kattalikda bo´laklar qilib chiqamiz. Kartoshkamizni yahshilab yuvib olamiz. Har -bir kartoshkani 6 qismga bo´lib chiqamiz. Tuz, o´simlik yog´i  va hohishga…

  • Quyuq taomlar

    Tovuqdan tezpishar taom

    Kerakli masalliqlar: 1,5 kg tovuq filesi 2 dona piyoz 0,5 liter qaymoq yoki slivki tuz kerak  bo´ladi. Qozonga fileni solib yahshilab qovuramiz. Tahminan 20 daqiqa atrofida qovuriladi. Piyoznimizni parrak qilib to´g´rab file bilan birga qovuramiz. Tuz sepamiz. Yarim soat qovurilgan filemizni ustiga yarim liter slivkini quyib tagini pastlab,ustini yopib dimla qo´yamiz. Tahminan 10-15 daqiqadan so´ng taomimiz tayyor.

  • Pishiriqlar

    Piyozli chalpak

    Kerakli masalliqlar: 2 dona piyoz kashnich o´simlik yog´i 1 osh qoshiq tuz 2 stakan suv va keragicha un kerak bo´ladi. Piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Kashnichni ham maydalab to´g´raymiz.  Bitta kattaroq idishga suv va tuzni solib aralashtirib olamiz. Ustiga piyoz va kashnichni solamiz. Unni oz ozdan solib o´rtacha yumshoqlikda hamir qorib olamiz. Hamirni ustini yopib 20 daqiqaga olib qo´yamiz. Dam olgan hamirni o´rtacha kattalikda zuvalachalar qilib olamiz. Zuvalachalarimizni yoyib tayyorlab olamiz. Skavarodkaga 1 osh qoshiqdan o´simlik yog´i solib ikkala tarafini o´rtacha olovda qizartirib pishiramiz. Chalpaklarimiz tayyor. Pishgan Chalpaklarimizni yoyib katta tovoqqa solamiz. Chalpaklarimiz suyuq taomlar bilan yanada mazalik va o´zgacha…

  • Quyuq taomlar

    Tovuq go´shtidan turkcha somsa

    Kerakli masalliqlar: 2 dona tovuq filesi 1 dona tuhum 2-3 dona piyoz 2 stakan sut 200 gram sariyog’, un, tuz, zira va kashnichdona kerak bo´ladi, Sriyog´ni qirg´ichdan chiqarib olamiz. Sut va tuz solamiz.  Oz ozdan un solib aralashtirib qo´lga yopishmaydigan yumshoq hamir tayyorlaymiz. 6 Ta zuvalachalar qilib olamiz. Tovuq fileni blendrda maydalab olamiz. Judaham mayda bo´lib suvi chib ketmasligi kerak. Piyozni ham solib birga ozroq aylantirib maydalab qiyma tayyorlab olamiz. Tuz, zira , kashnichdona va tabga qarab murch solsa bo´ladi. Hamirlarimizni birin ketin yoyib olamiz. Har bir zuvalamizni sakkiz bo´lakka bo´lamiz. Har biriga oz odan qiyma solib chiqamiz. Huddi ragalik…

  • Suyuq taomlar

    Sho´rva

      Kerakli masalliqlar: 1 kg qo´y go´shti, 3 don kartoshka 2 dona sabzi, 1 dona piyoz, 1 dona bulg´or qalampiri, sarimsoq piyoz , 1 dona pomidor, ukrop, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi. Go´shtni 1 soat avval tuz va ziravorlar sepib marinofka qilib qo´yamiz.  Qozonga sovuq suv quyib go´shtni solamiz va pastroq olovda qaynatishga qo´yamiz. Qattiq qaynab ketmasligi kerak. Qolgan sabzavotlarimizni archib yuvib olamiz. Kartoshkani o´rtacha kattalikda bo´lib olamiz. Sabzini 1 enlik qilib kesamiz. Qolgan masalliqlarni ham maydalab tayyorlab qo´yamiz. Sho´rvamiz 1 soat qaynagandan so´ng  tuz,  ziravorlar, pomidorni, sabzi, bulg´or qalampiri sarimsoq va piyozni solib yana 1 soat qaynatamiz. Kartoshkani solib…

  • Suyuq taomlar

    Manpar

    Kerakli masalliqlar: Qaylasi uchun:  200 gram lahm mol go´shti, 4-5 dona kartoshka,  2 dona sabzi, 1 dona bulg´or qalampiri, 2-3 dona piyoz, kashnich, petrushka , sarimsoq piyoz, tuz, 2 dona pomidor va ziravorlar kerak bo´ladi. Hamir uchun: 2 dona tuhum, 200 ml suv, 2 choq qoshiq tuz, 500 grm un. 2 dona tuhum va hohishga qarab ko´katlar ovqatimzni betiga bezash uchun kerak bo´ladi. Ishni eng avval hamir qorib olishdan boshlaymiz. Bitta idishga unimizni elab solamiz va o´rtasiga tuhum chaqamiz. Alohida idishga suv va tuzni aralashtirib olamiz va oz ozdan quyib hamir qilamiz. Hamirni tindirish uchun olib qo´yamiz. Barcha mahsulotlarimizni  bir…

  • Quyuq taomlar

    Spagette

    Kerakli masalliqlar:     200gram qiyma, 3 dona piyoz, 3 osh qoshiq o´simlik yog´i, murch, tuz, 3-4 bo´lak sarimsoq piyoz, 50-70 gram atrofida pishloq, 400 gram spagette va  1 bonka  tayyor spagette sousi yoki boshqa tomat sousdan foydalansa bo´ladi. Eng avval quruq skavarodkaga qiymani solib olamiz va ustidan bir piyola suv va 3 osh qoshiq o´simlik yog´ini qolamiz. O´rtacha olovda qaynatib suvini ketkazib olamiz. Piyozni va sarimsoq piyozni maydalab olamiz va qiymaga qo´shib qovuramiz. Piyozimiz qizarishi shart emas yumshab tillarang bo´lsa etarli. Undan so´ng tomat sousimizni solamiz biroz qovurandan so´ng sarimsoqni solib qovurishda davom etamiz. Qiymali qaylamizga 1 stakan suv…

  • Quyuq taomlar

    Meksikancha tacco makkajuxori chipsida

    Kerakli masalliqlar:   1 paket tacco chipsi, 150 gram siyma,1 piyola makkajuxori, 2 dona sariq piyoz, 1 dona qizil piyoz, 2 dona pomidor,1 dona bodring, sarimsoq piyoz, 1 piyola qatiq, 1 osh qoshiq mayonez, tacco pripravasi(bo´lmasa shart emas) karam va qalampir kerak bo´ladi. Qiymani quruq skavarodkaga solib qovurib olamiz. Pripravani solib orqasidan maydalab to´g´ralgan piyozni solib qovuramiz va 1 stakan suv quyib suvi yuq bo´lguncha qaynatib pishirib olamiz. Suvlikkina mayin qiyma hosil bo´ladi. Qatiqdan mayonez va sarimsoq qo´shib  sous tayyorlab olamiz. Qolgan barcha sabzavotlarni maydalab to´g´rab olamiz. Pishgan qiymani chiqsini orasiga solib navbat bilan barcha sabzavotlani solib ustidan qatiqli sous…

  • Quyuq taomlar

    Mantiqozonda chuchvara

    Kerakli masalliqlar. Hamir uchun: 200ml suv. 500 gram un, 2 choy qoshiq tuz, 1 dona tuhum kerak bo´ladi. Qiymasiga: 300 gram mol go´shti qiymasi, 2 dona piyoz, tuz va ziravorlar  kerak bo´ladi. Qaylasi uchun:5 dona kartoshka,4 dona mayda sabzi,1 dona piyoz, 3-4 dona sarimsoq piyoz,1 bo´lak mol go´shti, 3 osh qoshiq tomat, suv  va ziravorlar kerak bo´ladi. Unimizni bitta idishga solib olamiz. Tuhumni chaqamiz va suvga tuzni solib aralashtirib un ustiga quyib hamir qoramiz. Hamir qorib olgandan so´ng tindirish uchun selofan bilan  o´rab olib qoyamiz. Qiymaga piyozni qirg´ichdan chiqarib qo´shamiz va ziravorlar solib yahshilab aralashtiramiz. Hamirni yoyib biror qolib yordamizda…

  • Suyuq taomlar

    Chechevitsadan crem soup

    Kerakli masalliqlar:     1 piyola chechivitsa, 2 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, 2-3 dona sarimsoq piyoz, ozgina petrushka, 2 choy qoshiq tomat pastasi, 1 choy qoshiq paprika, 1 choy qoshiq oregano, ozroq murch, tuz, 1 dona lavr yaprog´i, kashnichdona, 1 litrdandanoshiqroq suv, 1 choy qoshiq zanjabil kerak bo´ladi.       Kartoshkani va piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Sabzini qirg´ichdan chiqaramiz, zanjabilni, petrushka va sarimsoqni maydalab to´g´rab olamiz. 2 osh qoshiq o´simlik yog´ini kastrulkamizga solamiz va piyozni qizargunga qadar qovuramiz. Sabzini solib 3-4 daqiqa qovuramiz. Orqasidan kartoshka va petrushkani solib yana ozroq qovuramiz. Yahshilab qovurib olganimzdan…

  • Quyuq taomlar

    Qaymoqli sousda qo´ziqornli taom

    Kerakli masalliqlar.     3 kishi uchun kerakli masalliqlar: 250 gram shampinion, 250 gram makaron, 2 piyola qaymoq, 1 dona katta piyoz, 2 osh qoshiq o´simlik yog´i va tuz kerak bo´ladi. Piyozni maydalab olamiz. Qo´ziqorinni ham maydalab to´g´rab olamiz. Qozonga yog´ni solamiz keyin  qo´ziqorinni solib qoviramiz. Ozroq qovurgandan so´ng piyozni solib qovuramiz. Yahshilab qovurilgandan so´ng tuz va qaymoqni solib past olova 5-6 daqiqa qaynatib olamiz. Makaronni qaynagan suvda tuz va 1 osh qoshiq yog´solib qaynatib pishirib olamiz. Makaronni suvdan olib tarelkaga solamiz va ustiga sousli qo´ziqorindan solamiz. Tabga ko´ra murch va ozroq ko´kat sepamiz. Taomimiz bor yo´g´i  20 daqiqada pishib…

  • Quyuq taomlar

    Oshqavoqdan Tomchi somsa

    Kerakli masalliqlar.     Bir dona o´rtacha kattalikdagi oshqavoq, 6 dona piyoz, 1 dona tuhum, un, 3 stakan suv, 100 ml o´simlik yog´i,150 gram margarin,  tuz , zira va kashnichdona kerak bo´ladi. Hamiri uchun kerakli masalliqlar. Un – 500 gramm Suv – 250 ml Tuz – 1 choy qoshiq  100 grammo´simlik  yog’  Hammasini bitta kattaroq idishga solib o´rtacha qattiqlikda hamir qilib olamiz. Zuvalamiz 30 daqiqa tingandan so´ng yoyib olamiz va eritilgan margarinni bir tekisda surkab chiqamiz. So´ng yahshilab qattiq qilib o´raymiz va  4 cm qilib kesib olamiz. Oshqavoqni archib bo´laklarga bo´lib olamiz. Hohishga ko´ra qirg´ichdan yoki qo´lda maydalab olamiz. Tayyorlab…

  • Suyuq taomlar

    Tuppa

    Kerakli masalliqlar:   2 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona piyoz, 2 osh qoshiq tomat, 2-3 dona sarimsoq piyoz, 50 ml o´simlik yo´i , 200 gram lahm mol go´shti, tuz  va avvaldan qiriqib qurutib olingan tuppa kerkak bo´ladi. ( tuppani 1 dona tuhumga suv va tuz  solib hamir qorilgan. Yoyib qurutib so´ng mayda to´rtburchak qilib kesib kun avval qattiq qurutib oliganman)     Barcha masalliqlarimizni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Qozonga avval yog´ni solib qizdirib olamiz . Eng avval go´shtni qattiq qizartirib qovuramiz so´ng piyozni solib uniham qizargunga qadar qovuramiz. Tomatni solib uniham yahshilab qovuramiz. Tahminan…

  • Quyuq taomlar

    Baqlajon qovurdoq

    Kerakli masalliqlar   2 dona katta baqlajon, 3 dona piyoz, 2 dona pomidor,  ozroq zangor piyoz (Purjelök) 1 dona qalampir, 4 dona sarimsoq piyoz, tabga ko´ra tuz va 1 cho´mich o´simlik yog´i kerak bo´ladi. Baqlajonni yumaloqlab yarim enlik qilib kesib olamiz. Skavarodkaga yog´ni solib baqlajonlarimizni har birini qizartirib qovurib olamiz. Qovurib olganimizdan so´ng to´rtga bo´lib olamiz va alohida idishga solib olib qo´yamiz. Qolgan barcha masalliqlarimizni katta – katta qilib maydalab to´g´rab olamiz. Eng avval qozonchaga yog´solib piyozni tilla rang bo´lguncha qovuramiz. Undan so´ng ko´k piyozni va pomidorni birin ketin solib qovuramiz. Tabga ko´ra tuz sepamiz. Sarimsoq piyozni ham solib yana…

  • Quyuq taomlar

    Honim

    Kerakli masalliqlar:   300 gram lahm mol go´shti, 3 dona piyoz, 4 dona kartoshka,  1 dona tuhum, 3 stakan un, 1 stakan suv, 2 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq zira, 1 choy qoshiq kashnichdona, 1 choy qoshiq paprik, 100 ml yog´ kerak  bo´ladi. Kartoshkani maydalab to´g´rab olamiz. Piyozni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Go´shtni uzunchoq somoncha shaklida to´g´rab olamiz. Tuz, zira, kashnichdona va paprika solib aralashtramiz. 60ml o´simlik yog´i solib mazasi kirib turgunga qadar olib qo´yamiz. 1 stakan suvga 2 choy qoshiq tuz solib aralashtiramiz va tog´orachamizga quyamiz. Suv o´lchagan stakanimizda 3 stakan un o´lcha suvga solamiz. 1 dona tuhumni…

  • Suyuq taomlar

    Makaron suyuq

    Kerakli masalliqlar:   150 gr mol go´shti, 1 dona kartoshka, 1 dona sabzi, 1 dona piyoz, yarimta bulg´or qalampiri,  2 dona chesnok, 1 qoshiq tomat pastasi, ozgina ko´kat,  tuz , 3 litr suv, 350 gram makaron , 50 ml yog´ kerak  bo´ladi.  Go´shtni a qolgan barcha masalliqlarni to´rtburchak qilib tog´rab tayyorlab olamiz. Qozonga yog´ni solib qizdirib olamiz. Eng aval go´shtni qizarguncha qovuramiz. Undan so´ng piyozni qizartirib olamiz. Qolgan barcha masalliqlarni solib yahshilab qovuramiz. Tuz  sepib ustidan suv quyamiz.1 soat davomida qaynatamiz. Undan s´ng makaron solib 12-15 daqiqa qaynatamiz. Tamomimiz tayyor hohishga ko´ra ko´katlar qatiq va murch bilan dasturxonga tortamiz.

  • Quyuq taomlar

    Qo´y go´shtidan somsa

    Kerakli masalliqlar:   700 gram qo´y go´shti, 800 g piyoz, 1,5 kg un, 3 stakan suv, 120 gram saryog´yoki margarin, 2 dona tuhum, 2 choy qoshiq tuz, 2 choy qoshiq zira, 2 choy qoshiq kashnichdona, kunjut va sedona kerak bo´ladi. Bitta idishga unni elab olamiz. Ustidan suvga tuzni aralashtirib namokop suv qilib quyib oddiy hamir qilib olamiz va tindirishga qo´yamiz. Hamir tinguniga qadar ichiga soladigan narsamizni tayyorlab olamiz. Qo´y go´shtini o´rtacha yog´li joyidan kattaroq qilib maydalab olamiz. Piyozni kattaroq to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Tuz va ziravorlarni solib hammasini yahshilab aralashtiramiz. Uniham maza kirib turishi uchun olib qo´yamiz. Hamirimizni yoyib eritilgan…