oshxona.net
  • Quyuq taomlar

    Duhofkada Lulya kabob

    Kerakli masalliqlar: 700 gram qiyma,ukrop, 2 doan oiyoz, 1 dona sabzi,  2-3 dona bodring, 1 dona qizil piyoz, 1 dona tuhum, non talqoni, gurunch tuz, zira , kashnichdona murch kerak bo´ladi. Qiymani bitta idishga solib ustiga non talqoni, tuhum, ikrop, zira, tuz , kashnichdona va 2 dona piyozni qirg´ichdan o´tkazib solamiz. Yahshilab aralashtiramiz. Qiymamizdan koptokchalar yasab chiqamiz. Manda 13 dona chiqdi. Tayyor koptokchalarni tahta cho´pakka o´tkazib kabob shaklini berib chiqamiz. Gaz listiga tayyor kaboblarni terib chiqamiz. 25 daqiqa atrodida 225 darajada pishirib olamiz. Sabzidan markovcha tayyorlab olamiz. Salat retseptini saytga avvalaroq joylagan edim. Bodring pomidor va piyozni hohishga qarab archib…

  • Quyuq taomlar

    Dangasa Pizza

    Kerakli masalliqlar: 2-3 dona bulg´or qalampiri, 400 gram sir, 2 dl yog´, tuz, 1 karopka tomat pastasi, 150 gram muzlatilgan qo´ziqorin, 400 gram qiya go´shti, un 15-16 dl , 50 gram ho´l  hamirturush,  7,5 dl suv, 4 dona piyoz, 0,5 dl yog´, 1 osh qoshiq shakar  kerak bo´ladi. Bulg´or qalampirini uzunchoq qilib maydalab olamiz. Piyozni yupqa qilib to´g´raymiz. Qiymani 2 dona  piyoz bilan qovurib olamiz. Hohishga ko´ra tuz va ziravorlar solamiz. Bulg´or qalampirini ham alohida skavarodkada engil qovurib olamiz. 2 dona piyozni qizartiramiz va ustiga 1 karopka tomat pastasini solib tuz solamiz. Usiga ozroq suv quyib qaynatamiz. Tahminan 15 daqiqa…

  • Quyuq taomlar

    Dangasa kabob

    Kerakli masalliqlar: Ketadigan vaqti: 50 daqiqa, 15 daqiqa tayyorlshga 35 daqiqa pishishi uchun Portsiya: 6 kishilik. 1 kg yog´liq qiyma, 3 dona piyoz, 1 kg kartoshka, 1 dona sabzi, 2 dona bulg´or qalampiri, 2 dona qizil piyoz1 dona tuhum, ko´kat, tuz va ziravorlar kerak bo´ladi. Qiymaga tuhum va ziravorlarni solamiz. Piyozni qirg´ichdan o´tkazib qo´shamiz. Yahshilab aralashtirganimizdan keyin ustiga ko´kat solib yana yahshilab aralashtiramiz. Mahsus gazda pishiradigan formaga solib yoyib chiqamiz. Qalinligi tahminan 1,5 cm qilib yoyib chiqamiz. Barmoqlarimiz bilan o´rtacha kattalikda bo´laklar qilib chiqamiz. Kartoshkamizni yahshilab yuvib olamiz. Har -bir kartoshkani 6 qismga bo´lib chiqamiz. Tuz, o´simlik yog´i  va hohishga…

  • Quyuq taomlar

    Spagette

    Kerakli masalliqlar:     200gram qiyma, 3 dona piyoz, 3 osh qoshiq o´simlik yog´i, murch, tuz, 3-4 bo´lak sarimsoq piyoz, 50-70 gram atrofida pishloq, 400 gram spagette va  1 bonka  tayyor spagette sousi yoki boshqa tomat sousdan foydalansa bo´ladi. Eng avval quruq skavarodkaga qiymani solib olamiz va ustidan bir piyola suv va 3 osh qoshiq o´simlik yog´ini qolamiz. O´rtacha olovda qaynatib suvini ketkazib olamiz. Piyozni va sarimsoq piyozni maydalab olamiz va qiymaga qo´shib qovuramiz. Piyozimiz qizarishi shart emas yumshab tillarang bo´lsa etarli. Undan so´ng tomat sousimizni solamiz biroz qovurandan so´ng sarimsoqni solib qovurishda davom etamiz. Qiymali qaylamizga 1 stakan suv…

  • Quyuq taomlar

    Meksikancha tacco makkajuxori chipsida

    Kerakli masalliqlar:   1 paket tacco chipsi, 150 gram siyma,1 piyola makkajuxori, 2 dona sariq piyoz, 1 dona qizil piyoz, 2 dona pomidor,1 dona bodring, sarimsoq piyoz, 1 piyola qatiq, 1 osh qoshiq mayonez, tacco pripravasi(bo´lmasa shart emas) karam va qalampir kerak bo´ladi. Qiymani quruq skavarodkaga solib qovurib olamiz. Pripravani solib orqasidan maydalab to´g´ralgan piyozni solib qovuramiz va 1 stakan suv quyib suvi yuq bo´lguncha qaynatib pishirib olamiz. Suvlikkina mayin qiyma hosil bo´ladi. Qatiqdan mayonez va sarimsoq qo´shib  sous tayyorlab olamiz. Qolgan barcha sabzavotlarni maydalab to´g´rab olamiz. Pishgan qiymani chiqsini orasiga solib navbat bilan barcha sabzavotlani solib ustidan qatiqli sous…

  • Quyuq taomlar

    Mantiqozonda chuchvara

    Kerakli masalliqlar. Hamir uchun: 200ml suv. 500 gram un, 2 choy qoshiq tuz, 1 dona tuhum kerak bo´ladi. Qiymasiga: 300 gram mol go´shti qiymasi, 2 dona piyoz, tuz va ziravorlar  kerak bo´ladi. Qaylasi uchun:5 dona kartoshka,4 dona mayda sabzi,1 dona piyoz, 3-4 dona sarimsoq piyoz,1 bo´lak mol go´shti, 3 osh qoshiq tomat, suv  va ziravorlar kerak bo´ladi. Unimizni bitta idishga solib olamiz. Tuhumni chaqamiz va suvga tuzni solib aralashtirib un ustiga quyib hamir qoramiz. Hamir qorib olgandan so´ng tindirish uchun selofan bilan  o´rab olib qoyamiz. Qiymaga piyozni qirg´ichdan chiqarib qo´shamiz va ziravorlar solib yahshilab aralashtiramiz. Hamirni yoyib biror qolib yordamizda…

  • Quyuq taomlar

    Duhofkada Mini kabob

    Kerakli masalliqlar:   500 gram qiyma, 5-6 ta piyoz, 1 dona tuhum, 30 ml o´simlik yog´i, 1  bo´lak non, tuz, petrushka,  va ziravorlar kerak bo´ladi. Nonni ,  piyozni, tuhymni, ziavorlarni  va petrushkani blenderga solib maydalab olamiz bir hil massa qilib. Tayyor bo´lgan masamizni qiymaga qo´shamiz va yahshilab aralashtiramiz. O´rtacha kattalikda koptokchalar yasab olamiz va kichkina  kabobchalar yasaymiz. Duhofka listini yahshilab yog´laymiz va terib chiqamiz. 225 darajada duhofkamizni qizdiib olamiz. Kabobimiz oralariga hohishga qarab pomidor, bulg´or qalampiri  va piyoz qo´yib chiqishimiz mumkin. Pomidor va piyoz ustiga tuz va yog´solish ham esdan chiqmasin. Kaboblarimiz tapa vapasti qizarguncha pishirib olamiz. Hohishga qarab qaynatilgan…

  • Quyuq taomlar

    Moshkichiri

    Kerakli masalliqlar.   300 gram qiyma, 4 dona qizil sabzi, 5 dona piyoz, 1,5 piyol gurunch, 1 kosa mosh, 4-5 dona pomidoq qoqisi,  tuz, 150ml  o´simlik yog ´i  kerak bo´ladi. Piyozni yarimoy qilib to´g´rab olamiz. Sabzni huddi oshqa to´g´ragandek  qilib to´g´raymiz. Pomidor qoqini maydalab olamiz.(Hohishga qarab solinadi ) Ovqatimzni ustiga qaylasi uchun qiymalik qayla tayyorlab olamiz. Yog´ni qizdirib piyozni va qiymanni yahshilab qovurib olamiz va 15 daqiqaga dimlab qoýamiz. Alohida qozonda avval piyozni so´ng sabzini solib yahshilab qovuramiz. orqasidan pomidor qoqini va tuzni solib qovurishda davom etamiz. Sabzini qattiq qovurish shart emas. Chunki uzoq qaynash davomida ezilib ketishi mumkin. Sabzini…

  • Quyuq taomlar

    Pyure va qiymali kotlet

    Kerakli masalliqlar     1kg kartoshka, 150 gram qiyma, 1 dona tuhum, 2 dona piyoz, 1 piyola un, tuz, murch, o´simlik yogí, va ukrop kerak bo’ladi. Eng avval kartoshkani pustini archib qaynatib pishirib olamiz. Undan so´ng 2 osh qoshiq un tuz va ukrop solib pyure holatiga keltirib olamiz. Alohida idishga piyozimizni to´rtburchak qilib 30 ml o´simlik yogída qovuramiz. Undan so´ng qiymamizni solamiz va tabga qarab tuz va murch sepamiz. Tayyor bo’lgan pyurimizni yumaloqlab olamiz va ozgina yoyib o´rtasiga tayyor  pishgan qiymamizni solamiz. Ehtiryotkorlik bilan qiymamizni yopib chiqamiz. Keyin alohida idishga un va tuhumni tayyorlab olamiz. Tayyor kotletlarimizni avval unga so´ng…

  • Quyuq taomlar

    Makaron po-flotskiy

    Kerakli masalliqlar:   500 gram makaron, 300 gram qiyma, 2 dona piyoz, tuz, va o’simlik yog’i kerak bo’ladi. Qiymani skavarodkada yog’da qovurib olamiz. Qizargandan so’ng kattaroq to’rtburchak  qilib to’g’ralgan piyozni solib tillarang qilib qovuib olamiz. Tuzni solamiz va 10 daqiqaga pastroq olovda dimlab qo’yamiz. Alohida kastrulga suv quyib qaynatib. Qaynagandan so’ng tuz va 1 osh qoshiq yog’ solamiz va makaronlarimizni tayyor bo’lguncha 12-15 daqiqa atrofida pishirib olamiz. Pishgandan so’ng suvini to’kib tashlaymiz va qiymamizga solib aralashtiramiz. Judaham tez va oson tayyorlanadigan ovqat hisoblanadi.  Tushlikka va kechki ovqat uchun bemalol tayyorlash mumkin.

  • Quyuq taomlar

    Qozon kabob

    Kerakli masalliqlar:   500 gram qiyma, 2 dona katta piyoz, 1 dona pomidor, 1 dona bulg’or qalampiri, tuz, zira, murch, petrushka, 75 ml yog’, 1 kg kichikroq kartoshkalar kerak bo’ladi. Pomidorni pustlog’ini archib, bulg’or qalampiri va ko’kat bilan maydalab olamiz.  Hohishga qarab qo’lda chopib olish mumkin pichoq yordamida yoki mahsus maydalagichda maydalab olinadi. Juda ezilib ketmasligi kerak o’rtacha kattalikda bo’lsa etarli. Qiymamizga maydalab olgan sabzavotimizni solamiz va tabga ko’ra tuz va ziravorlarni qo’shib yahshilab aralashtiramiz. Undan so’ng kartoshka kattaligida qiymamizni yumaloqlab olamiz. Kartoshkalarimizni archib yuvib quritib olamiz va tuz sepamiz. Qizib turgan yog’da yahshilab qizartirib qovuramiz. Qizartirib bo’lgan kartoshkalarimizni yog’dan…

  • Quyuq taomlar

    Spagetti

    Kerakli masalliqlar: 300 gram qiyma, 2 dona katta piyoz, 400 gram spagetti makaroni, 40 ml yog’, tuz, murch, 1 bonka (tahminan 350 gram) tayyor tomat sousi, 3-4 dona sarimsoq piyoz, 1 stakan suv, rayhon va hohishga qarab boshqa ko’katlar kerak bo’ladi, Birinchi bo’lib qozonga yog’ solamiz va qiymamizni qizarguncha qovurib olamiz. Undan keyin piyozimizni kattaroq to’rtburchak shaklida to’g’rab maydalab olamiz va qiymaga qo’shib qovuramiz tilla rang bo’lguncha. Qovurib bo’lgandan so’ng tayyor tomat sousimizni solamiz. Undan keyin tuz, murch, sarimsoqni maydalab solamiz va ko’katlarimizi solib qovuramiz. Ustidan bir stakan suvni quyib past olovda qaynatib pishiramiz. Tahminan 15-20 daqiqa etarli. Sousimiz pishgunga…

  • Quyuq taomlar

    Nonushtaga qiymali tuhum

    Kerakli masalliqlar: 2 kishi uchun: 100 gram qiyma, 2 dona tuhum, yarimta bulg’or qalampiri, 2 dona piyoz, 3 osh qoshiq yog’, ukrop va  tuz kerak bo’ladi . Piyozni yumaloq qilib o’rtacha qalinlikda to’g’rab olamiz. Bulg’or qalampirimizni o’rtasidan bo’lib somoncha qilib to’g’raymiz. Tuhumimizni idishga chaqib tayyorlab qo’yamiz. Skavarodkamizga yog’ni solib qizdiramiz va undam so’ng qiymani solib qizartirib qovuramiz. Juda qizarib qotib ketmasin rang kirsa etarli. Undan so’ng piyozni solib tillarang bo’lguncha qovuramiz. Orqasidan bulg’or qalampirimizni va tabga qarab tuzni ham solib qovuramiz. Tuhumni qiyma ustiga solamiz va ukropni ham ustidan qo’yib chiqamiz. Ustini qopqog’ bilan yopib tahminan 5- daqiqaga dimlab qo’yamiz.

  • Suyuq taomlar

    Teftel

    Kerakli masalliqlar: 6 dona kartoshka, 2 dona sabzi, 2 dona piyoz, 1 dona bulg’or qalampiri, 1 dona pomidor, petrushka, 3 osh qoshiq gurunch, 250 gram qiyma, tuz, 50 ml o’simlik yog’i va ziravorlar kerak bo’ladi. Qiymamizga bir dona piyozni qirg’ichdan chiqarib qo’shamiz. Gurunch va ziravorlarni qo’shib yahshilab aralashtiramiz. Barcha masalliqlarimizni archib tozalab va yuvib bo’lgandan so’ng hammasini to’g’rab tayyorlab olamiz . Eng avval qozonga nazar solamiz, keyin o’simlik yog’ini s quyib piyozimizni qovurib olamiz. Undan so’ng ko’katni, sarimsoq piyoz, pomidorni va bulg’or qalampirni solib yahshilab qovurib olamiz. Yahshilab qovurgandan so’ng kartoshka va sabzini solib qovuramiz. Tuz va ziravorlarni solib yana…

  • Quyuq taomlar

    Bifshteks

    Kerakli masalliqlar: 800 gram kartoshka, 2 dona piyoz, 50 gram saryog’ yoki margarin, 200 gram grechka, 1 dona tuhum, 3 osh qoshiq un, 0,5 stakan sut, 3 osh qoshiq kunjut, 1 choy qoshiq zira, 1 choy qoshiq kashnichdona, tuz, 200 gram qiyma, bir bo’lak mol go’shti 1 osh qoshiq tomat pastasi, 3 osh qoshiq slivkiy yoki suyuq qaymoq, 100ml o’simlik yog’i va ko’katlar kerak bo’ladi. Eng avval kartoshkamizni archib bo’laklarga bo’lib olishdan boshlaymiz.  Undan so’ng kartoshkamizni qaynagan suvga solib 1 osh qoshiq tuz solib qaynatishga qo’yamiz. Kartoshkamizni ustini yopib o’rtacha olovda pishirib olamiz. Undan so’ng grechkamizni ham qaynagan suvga solib…

  • Quyuq taomlar

    Lahmacun/Lahmajun Turkcha pitsa

    Kerakli masalliqlar: 50 gram hamirturush, 4 dl iliq suv 1 dl iliq sut, 50 g saryog’, 12 dl un, 1 choy qoshiq tuz, 1 choy qoshiq shakar, 50 ml o’simlik yog’i kerak bo’ladi. Qiymasi uchun kerali masalliqlar: 2 dona pomidor, 2 dona piyoz, 150 gr qiyma, 1 osh qoshiq o’simlik yog’i, tuz va ziravorlar kerak bo’ladi. Tayyor bo’lgandan so’ng dasturhonga tortish uchun petrushka ko’kati va limon kerak bo’ladi. Eng avval hamir qilib olamiz. Hamirimizni qilish uchun avval suv bilan sutni ilitib olamiz va idishga solamiz. Ustiga shakar, tuz va hamirturushni q’shib aralashtiramiz. Undan so’ng o’simlik yog’ini quyamiz va unimizni solib…

  • Suyuq taomlar

    Chuchvara

    Kerakli masalliqlar: 150 gram qiyma, 2 dona piyoz, 1 dona sabzi , 1 dona kartoshka, 1 dona bulg’or qalampiri, 2 dona chesnok, tomat pastasi, o’simlik yog’i, 1 dona tuhum, 1 stakan suv, 3,5 stakan un tuz va ziravorlar kerak bo’ladi. Eng avval hamir qilishdan boshlaymiz.  Unimizni idishimizga solamiz va tuhumni chaqamiz. Suv bilan tuzni aralashtirib olamiz va unimizni o’rtasiga solib aralashtiramiz. Hamir tayyor bo’lgandan so’ng ustini yopib olib qo’yamiz va qolgan masalliqlarimizni archib to’g’rab olamiz. Qozonga o’simlik yo’gini solib avval piyozni qizartirib olamiz. Undan so’ng tomat pastasini qovuramiz. Birin ketin qolgan masalliqlarimizni ham solib yahshilab qovuramiz. Eng ohirida tuz va ukropni…

  • Quyuq taomlar

    Perashka

    Kerakli masalliqlar: Pyure uchun: 1kg kartoshka, 50 gram saryog’ yoki margarin, 0,5 stakan sut va tuz kerak bo’ladi. Qiymasi uchun: 250 gram qiyma 3-4 dona piyoz tuz, o’simlik yog’i va ziravorlar kerak bo’ladi. Hamiri uchun: 50 gram hamirturush (droj) 1,5 kg un, 1 dl o’simlik yog’, 1,5 osh qoshiq tuz va o’rtacha yumsholikda bo’lguncha suv kerak bo’ladi. Ishni hamir qilishdan boshlaymiz. Idishimizga tuz va hamirturushni solib aralashtirib olamiz va o’simlik yo’gi solib ustidan unni solamiz. Unni o’rtasini chuqurchoq qilib ochib olamiz va ozginadan iliq suv solib aralashtiramiz. Suvni yumshoq hamir bo’lgunch quyamiz. Juda ham yumoshoq bo’lib ketmasligi kerak o’rtacha yumcholikda…

  • Quyuq taomlar

    Duhofkada perashka.

    Kerakli masalliqlar: Hamiri uchun 2 stakan sut, 0,5 stakan qaymoq, 50 gr saryoq yoki margarin. 1 osh qoshiq tuz 50 gram droj va 1 kg un kerak bo’ladi. 200 gr qiyma, 2-3 dona piyoz, tuz, 1 dona tuhum, ukrop, 800 gram kartoshka va qovurish uchun o’simlik yog’i kashnichdona va zira kerak bo’ladi. Avval idishga droji bilan tuzni solib aralashtirib olamiz va unni elab qoramiz. Keyin sutni ilitib qaymoq bilan birga oz-ozdan olib aralashtiramiz. Yumshoq hamir bo’lishi kerak. Kerak bo’lsa yana ozgina un qo’shish mumkin. Eng ohirida ustidan saryog’ni eritib solamiz va yahshilab mushtlaymiz. Keyin hamirimizni 35-40 daqiqalarga ustini paket bilan…

  • Quyuq taomlar

    Yupqa

    Kerakli masalliqlar: Hamiri uchun 2 kosa un 1kosa suv 1,5osh qoshiq tuz 3 osh qoshiq o’simlik yog’i. Qaylasiga 300 gr qiyma 4 dona o’rtacha kattalikda piyoz 1 choy qoshiq tuz Ziravorlar va 1,5 cho’mich o’simlik yog’i kerak bo’ladi. Ishni hamir qorishdan boshlaymiz. Eng avval unni elab olamiz va idishga solamiz. O’rtasini ochib tuzli suv quyamiz va sekin asta qo’limiz bn o’rtasidan aylantiramiz. Birdan aralashtirib yubormaslik kerak. Hamir qumaloq bo’lib qoladi. (Kerak bo’lsa yana ozgina suv quyish mumkin)Keyin hamir tayyor bo’lgandan keyin yo’gdi solamiz ustidan tayyor hamirga va yog’ yuq bo’lib etguncha mushtlaymuz. Hamirimiz yumshoq bo’lishi kerak. Tayyor hamirni ustini o’rab…