Tuppa

Kerakli masalliqlar:

 

2 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1 dona bulg´or qalampiri, 1 dona piyoz, 2 osh qoshiq tomat, 2-3 dona sarimsoq piyoz, 50 ml o´simlik yo´i , 200 gram lahm mol go´shti, tuz  va avvaldan qiriqib qurutib olingan tuppa kerkak bo´ladi. ( tuppani 1 dona tuhumga suv va tuz  solib hamir qorilgan. Yoyib qurutib so´ng mayda to´rtburchak qilib kesib kun avval qattiq qurutib oliganman)

 

 

Barcha masalliqlarimizni to´rtburchak qilib to´g´rab olamiz. Qozonga avval yog´ni solib qizdirib olamiz . Eng avval go´shtni qattiq qizartirib qovuramiz so´ng piyozni solib uniham qizargunga qadar qovuramiz.

Tomatni solib uniham yahshilab qovuramiz. Tahminan 5 daqiqadan keyin qolgan barcha maslliqlarimizni solib yana 5 daqiqa qovurib olamiz. Tabga ko´ra tuz splami.

Qovurilgan zirvagimizga sovuq suv quyib 1 soata atrofida qaynatib pishirib olamiz. Tayyorlab olgan tuppamizni solib hamirimiz yumshab pishgunga qadar qaynatamiz.

Pishgandan so´ng hohishga qarab qatiq va ko´katlar bilan dasturxonga tortamiz.

Spread the love

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.