Davlatlar,  Pishiriqlar

Baklava

Baklava

Kerakli masalliqlar:

  • 2 paket yufka hamiri
  • 400 gram yong´oq
  • 400 gram pista
  • 1 osh qoshiq limon sharbati
  • 4 dl shakar
  • 2 dl suv
  • 150 gram saryog
  • 1 osh qoshiq vanilin

 

Ishni sirop tayyorlashdan boshlaymiz. Shakar, suv, limon sharbati va vanilinni idishga solib o´rtacha oliovda  5-8 daqiqa qaynatib olamiz va olovdan olib qo´yamiz.

Mag´izlarni blender yordamida maydalab olamiz.

Duhofka listiga pishirish uchun qog´oz solamiz va  tayyor hamirni solamiz orasiga eritilgan saryog´ni oz ozda surkaymiz. Shu asnoda 6 qavat hamirni ustima ustun qilib terib chiqamiz. Maydalangan yong´oq va pista aralashmasidan hohishga ko´ra ko´proq yoki kamroq bir tekisda yoyib chiqamiz.

Huddu shu tariqa hamirlarni birin ketin yoyib saryog´va yongo´oq sepib chiqiladi. Hamirni tahlab bo´lgandan so´ng eng epa qismini ham saryog´surkab chiqamiz. Hohishga ko´ra kesib bo´laklarga bo´lib olamiz listda turgan holida. 175 daraja issiqlikda 35-40 daqiqa qizartirib pishirib olamiz.

Pishib tayyor bo´lgan baklavamizni isiqligida tayyorlab olgan siropimizni quyamiz. Sioropni bir tekisda hamma joyiga quyib chiqishimiz kerak. Hohishga ko´ra ustini pista yoki boshqa yong´oq bilan bezatishimiz mumkin. Baklavamiz 6 soata davomida sovib siroblarni shimishi kerak. 

Baklava tayyor tayyorlab ko´ring!

Share on telegram
Share on odnoklassniki
Share on whatsapp
Share on facebook

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.